Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial direktori A.Yesimbetov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ya.Ajimov, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev va boshqalar, til har bir millatning bebaho xazinasi ekanligini hamda bugungi kunda ona tilini boyitish va asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.

Bayram kechasi talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Jumladan, ona tili haqidagi sara she’rlarni badiiy o‘qish, qoraqalpoq milliy urf-odatlarini o‘zida ifoda etgan sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.

Tadbir davomida “Til yashasa,millat yashaydi” mavzusida o‘tkazilgan insholar hamda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida videoroliklar tanlovlarining g‘oliblari munosib tarzda taqdirlandi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA