SHHTga a’zo davlatlarda raqamli iqtisodiyot sohasida yetakchilik maqomiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud, deb hisoblaydi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.

“Tashkilot doirasida raqamli iqtisod bo‘yicha hamkorlikni davom ettiramiz. Dunyo muttasil raqamli taraqqiyot sari intilmoqda. Bizda yetakchi o‘rinlarga chiqib olish uchun yaxshi imkoniyat bor”, dedi u tashkilotga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari yig‘ilishida.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Rossiya o‘zining masofaviy ta’lim, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va teletibbiyot bo‘yicha tajribasini bo‘lishishga tayyor.