Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashrifi davomida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

O‘zA