1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasining Matbuot markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akreditatsiyadan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari vakillari Matbuot markazida bo‘lib, bu yerda saylov jarayonlarini yoritish uchun jurnalistlar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Markazda mahalliy va xalqaro jurnalistlar uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazish maqsadida alohida zal ajratilgan. Shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio), nashriy ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali saylovni yoritish guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Matbuot markazi o‘z faoliyatini boshlashi bilan (Telegram https://t.me/saylaw_2021, Facebook https://www.facebook.com/saylaw2021) ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarini ochib, saylovga oid targ‘ibot materiallarini joylashtirib kelmoqda. bugungi kungacha okrugda o‘tkazilgan rasmiy yig‘ilishlarni yoritishdan tashqari 1100 dan ortiq saylovga oid material ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari Nukus shahridagi Monomarkaz binosida joylashgan 42-saylov uchastkasida bo‘ldi. Uchastka saylov komissiyasi raisi Baqbergen Aytmuratov ta’kidlaganidek, hududda 2 ming 695 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov kuni turli sabablar bilan o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 16 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan. Uchastkada saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Media-tur ishtirokchilari 2-Nukus tibbiyot kollejida joylashgan 8-, Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida joylashgan 16-saylov uchastkalarida bӯlib, saylovga tayyorgarlik ishlari va saylovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA