O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev okrug matbuot markazida mamlakatimizdai saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelgan rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashdi.

Rossiyaning  “NTV”, “1” kanallari, “Izvestiya” hamda “Argumentы i faktы” axborot nashrlari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi saylov kampaniyasining borishi, okrug saylov komissiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlarni saylovchilarning elektron ro‘yxati, xorijdagi vatandoshlar uchun ovoz berish jarayonlarining tashkil etilishi, nomzodlarning saylovolda tashviqoti kabi masalalar qiziqtirdi.

Ularga eleketron ro‘yxatga kiritishdan maqsad  bir saylovchi bir ovoz berishi aytildi. Shuningdek, saylov jarayonlari ochiqlik oshkoralik tamoili asosida tashkil etilayotgani ta’kidlandi. Akkretiyasidan o‘tgan mahalliy jurnalistlar haqida ham a’lumot berildi. Eng muhimi, bu galgi Prezident saylovi birinchi marta Saylov kodeksi asosida o‘tkazilayotgani, viloyatning 16 ta shahar va tumanida tajriba sifatida bittadan saylov uchastkasida saylovni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgani bildirildi.

– Bu yilgi saylov kampaniyasi jarayonida ham xorijiy kuzatuvchilardan yana ko‘plab takliflar olyapmiz, o‘zimiz amaliyotda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini ko‘ryapmiz, – deydi okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev. – Va, albatta, buni keyingi saylovlarda inobatga olamiz. Birinchi marta oktyabr oyida bo‘lishi saylovchilar uchun yangilik. Muhimi, ularning kayfiyati yuqori, saylovga befarq emas.

 

 G‘.HASANOV, O‘zA