Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi va Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘ylab tashkil etilgan media-tur ishtirokchilari Qoraӯzak va Chimboy tumanlarida ham bӯldi.

Joriy yilning fevral oyida Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Qӯshma dasturni amalga oshirish doirasida innovatsion biznes-loyihalarga kӯmak kӯrsatish uchun arizalarini qabul qilish bӯyicha tanlov e’lon qilindi. Tanlov komissiyasi 27 ta loyihani moliyalashtirish uchun ma’qulladi. Ular orasida yog‘och va dekorativ materiallar bilan ishlash ustaxonasini tashkil qilish loyihasi ham taqdim etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Orolbӯyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog‘liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” qӯshma dasturi doirasida sexga zamonaviy uskunaning taqdim etilishi bilan xizmat kӯrsatish doirasi kengayib, sifati yaxshilandi. Ushbu ob’ekt uch kishini ish bilan ta’minlashga imkon berib, kelgusida bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari, davolash shuningdek, davlat muassasalari va xususiy korxonalarga xizmat kӯrsatish rejalashtirilgan.

BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Orolbo‘yi hududida 2012 yildan buyon salomatlik ko‘ngillilarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. BMTning ko‘ngillilar dasturi (BMTKD) ko‘magida bugungi kunga qadar 3710 nafar ko‘ngilli o‘qitilgan bo‘lsa, shundan 2017-2019 yillar mobaynida amalga oshirilgan BMTning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma dasturi doirasida 2081 nafar ko‘ngilli tayyorlandi.

Qoraӯzak tuman tibbiyot birlashmasida volontyorlar bilan uchrashuvda amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga kelgusidagi rejalar tӯg‘risida fikr-mulohazalar bӯldi. Tumanda bugungi kunga 160 nafar volontyor faoliyat olib borib, aholi ӯrtasida o‘pka, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir kasalliklarining profilaktikasi choralarini hamda onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashni targ‘ib qilib kelmoqda. 2020 yil davomida esa asosiy mavzu – koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘ldi.

Chimboy tumanining eng chekka “Qoshqar jiqqan” aholi punktida soatiga 8 kubometr suv tozalash uskunasi va suv ta’minoti tarmog‘i ӯrnatildi. Shuningdek, joriy yilda “Jana makan” aholi punktida va “Gujimli” mahalla fuqarolar yig‘inida 10600 metr suv quvuri tarmog‘i ӯtkazildi. Natijada 1200 nafar fuqaro ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

BMT Taraqqiyot Dasturi Ӯzbekiston hukumatiga Orolbӯyining chekka hududlarida inson xavfsizligini ta’minlash, ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududini tashkil etish orqali mintaqani rivojlantirishga amaliy kӯmak berishni davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA