Nukus shahridagi Abu ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumi majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakilining saylovchilar bilan uchrashuvi bӯlib ӯtdi.

Tadbirda nomzodning ishonchli vakili, partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov ishtirokchilarni nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, nomzodning saylovoldi dasturida belgilab berilgan mamlakatda ijtimoiy tengsizlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish, pensiya hisoblash tartibini takomillashtirish, ayollarning bola parvarishidagi davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlash, “Mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurati asoslab berildi.

Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni ijtimoiy turar joylar bilan ta’minlash, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, asosiy oziq-ovqat narxlarini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qat’iy o‘rnatish, qishloq tumanlariga sanoatni olib kirish saylovoldi dasturidagi asosiy yo‘nalishlardan ekanligi ta’kidlandi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA