Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazining tashabbusi bilan joriy yil 20-21 oktyabrda Nukusda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari bӯlib ӯtadi.

Ikki kunlik tadbir doirasida delegatsiya a’zolarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va madaniyati muzeyiga, I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayohati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Guseyn Djavid nomidagi Ozarbayjon adabiyoti ӯchog‘i”ning ochilish marosimi, mehmonlarning professor-ӯqituvchilar hamda talaba yoshlar bilan uchrashuvi ӯtkaziladi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA