Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan media-tur ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng shimoliy hududi Taxtakӯpir tumanida ham bӯldi.

BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi moliyaviy kӯmagida YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qӯllab-quvvatlash orqali Orolbӯyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” qӯshma dasturi doirasida qurib borayotgan Orol dengizining tubini kӯkalamzorlashtirish bӯyicha yordam kӯrsatildi.

Taxtakӯpir davlat ӯrmon xӯjaligi tomonidan 2020 yilda hamda joriy yilning bahor oylarida Orol dengizining qurigan tubida jami 3392 gektar maydonga saksovul va qandim ekinlari ekildi.  Hozirgi vaqtda 750 gektar maydonga urug‘dan, 450 gektarga niholdan saksovul ekish ishlariga tayyorgarlik kӯrilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan trast fondi moliyaviy kӯmagida ӯrmonlarni parvarish qilish bӯyicha samarali ishlarni amalga oshirish uchun 17 turdagi professional texnika va uskunalar taqdim etildi.

Keyingi uchrashuv tumanning “Janadarya” ovul fuqarolar yig‘inida bӯldi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash shu kungacha muammo bӯlib keldi. Bu yerda soatiga 10 metr kub suvni chuchuklashtirish qurilmasi  foydalanishga topshirildi. Natijada bugungi kunga 49 ta xonadondan 284 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, qӯshma dasturni amalga oshirish doirasida 5 ta aholi yashash joylarida suv ta’minoti tizimi rekonstruksiya qilinib, 3491 nafar kishi, jumladan, qӯshni aholi punktlari aholisi ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bӯldi.

Yoshlar va xotin-qizlarni qӯllab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va ish ӯrinlarini tashkil etish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mintaqadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi har yili innovatsion loyihalarga kӯmak kӯrsatish uchun tanlov e’lon qiladi. Shunday qilib, sutni qayta ishlash  bӯyicha sexni tashkil etishga kӯmaklashish orqali uch kishi ish bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, tuman markazidagi stomatologik klinikaga zamonaviy tibbiy uskunaning olish berilishi natijasida xizmat kӯrsatish sifati yanada yaxshilandi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA