Nukus shahrida 17-20 sentyabr kunlari II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur nufuzli anjuman doirasida “Orol baliqlaridan 99 xil taom” xalqaro gastronomik festivali boshlandi.

Unda mamlakatimizning barcha hududlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan baliq taomlari bo‘yicha mutaxassislar, mohir oshpazlar ishtirok etmoqda.

Nukus shahrining I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi atrofidagi maydonda oshpazlar baliq mahsulotlaridan palov, somsa, manti, sho‘rva, kabob va boshqa o‘nlab taomlar tayyorlab, o‘zaro bahslashmoqda. Ushbu jarayon hay’at a’zolari tomonidan kuzatib, baholab borilmoqda.

Birozdan so‘ng xalqaro gastronomik festivali g‘oliblari aniqlanadi.

 

A.Jiyemuratov,

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi muxbiri.

O‘zA