O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Davlat xizmatlari markazining Qozog‘iston Respublikasi “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi notijorat aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov, Qozog‘iston Respublikasi “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi notijorat aksiyadorlik jamiyati direktori o‘rinbosari Birjan Yunusov ishtirok etdi.

bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi sohasida yuzaga kelgan so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlar muhokama qilindi va bu islohotlar mamlakat aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Qayd etish lozimki, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda ish tizimini takomillashtirish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqildi.Jumladan, mazkur uchrashuv davomida mamlakatimizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha biznes jarayonlarining to‘liq siklini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi notijorat aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi notijorat aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida sohaga oid kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, “Fuqarolar uchun hukumat” davlat korporatsiyasi notijorat aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib markaz direktori Ulug‘bek Mahammadiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehmonlar davlat xizmatlarini qabul qiluvchilar hujjatlarini qabul qilish, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi hamda kelgusidagi rejalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish orqali aloqalarni yanada kengaytirishga kelishildi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA