BMT Bosh kotibi Jenevadagi anjuman yakunida Afg‘onistonga moliyaviy yordam uchun bir milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratilganini ma’lum qildi. Bu haqda BMT axborot markazi xabar berdi.

Antoniu Guterrish o‘shanda so‘zga chiqib, uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tganini aytdi. Anjumanda BMTga a’zo davlatlar, 156 nafar ishtirokchi, shuningdek, 33 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilot hamda 22 ta nodavlat idora ishtirok etgan.

– Xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerak, – degan Guterrish.

BMT “Tolibon”dan ikkita hujjatda yozma majburiyat olganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, gumanitar operatsiyalarni kafolatlash va gumanitar ishchilar xavfsizligini ta’minlash.

Bosh kotib “Tolibon”ning xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishidan manfaatdor ekanini aytgan.