O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda «Kelajak liderlari» klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Undan ko‘zlangan maqsad, shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit hamda imkoniyatlar yaratish, faol va tashabbuskor yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirishdan iborat.

–“Kelajak liderlari” klubiga qatnashish uchun 20 yoshga kirgan va 35 yoshdan oshmagan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi talabalari va davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida tanlov e’lon qilindi va ular 4 bosqichli ochiq tanlov orqali saralanadi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bosh inspektori Kamarbek Seitniyazov. – bugungi kunga 468 nafar nomzoddan elektron tarzda hujjatlar qabul qilindi. Birinchi bosqich, ya’ni hujjatlarni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha 230 nafar nomzod keyingi test bosqichiga o‘tkazildi.

Nomzodlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA