“Qo‘ng‘irot soda zavodi” – kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona korxona hisoblanadi.

Ushbu zavod, yuqori sifatli ko‘l tuzi va ohaktoshning ulkan zahirasi tufayli mamlakatimiz va mintaqa iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi korxonalardan biridir. Ularning tasdiqlangan zahiralari qo‘shimcha kengaytirish imkoniyati bilan zavodning yuz yildan ortiq ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli.

2020 yil oxirida zavodning «O‘zkimyosanoat»ga tegishli 51 foiz ulushi tanlov savdolari orqali xorijlik investor, aniqrog‘i NCV International DMCC (BAA) kompaniyasiga sotildi. “Qo‘ng‘irot soda zavodi”dan ma’lum qilishlaricha, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidgi ishlar ishlab chiqarish hajmini hozirgi 200 ming tonnadan yiliga 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bilan boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun EPC+F tamoyili asosida bosh pudratchi kompaniyani tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov e’lon qilindi, eng yangi texnologiyalar va uskunalarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi.

2021-2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihadagi investitsiyalar hajmi 180 million dolladan oshadi. Bu ichki talabni qondirish va eksport salohiyatini oshirish, 300 dan ziyod yangi va 800 dan ziyod bir-biriga yaqin ish o‘rinlarini tashkil qilish, mamlakatimizning kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaradigan Rossiya, Turkiya, Xitoy va AQSH singari yetakchi davlatlar bilan teng raqobatlasha olish imkonini beradi.

Hozirgi kunda chet el sarmoyadorlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib bormoqda. Shu munosabat bilan zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish va kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million tonnagacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA