Nukus shahridagi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida ochiq eshiklar kuni tadbiri bӯlib ӯtdi.

Ijod maktabining faoliyati va o‘qishga qabul qilish jarayonlari bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Orolbӯyi shahar va tumanlaridan umumta’lim maktablarining ӯquvchilari, ularning ota-onalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlarning iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida keng kӯlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, iqtidorli o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida ijod maktablari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Nukus shahrida tashkil etilgan Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabi shular jumlasidandir. Maktabda o‘quvchi yoshlarga buyuk ajdodlarimiz va adiblarimizning, shu jumladan, I.Yusupovning boy ijodiy merosini o‘rgatishga yo‘naltirilgan kompleks o‘quv-tarbiya jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.

bugungi kunda ijod maktabida jami 239 nafar iqtidorli yosh ta’lim olmoqda. Bu yerda o‘quvchilarning har tomonlama chuqur bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ularning bӯsh vaqtlarini mazmunli ӯtkazish maqsadida 24 ta fan, 7 ta boshqa yӯnalishdagi tӯgarak faoliyat olib bormoqda.

2020-2021 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ӯtkazilgan fan olimpiadasining shahar bosqichida ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Manzura Dosnazarova kimyo fanidan, 11-sinf ӯquvchisi Ayjamal Kenjebayeva rus tilidan, 11-sinf ӯquvchisi Guloyda Nazarimbetova ӯzbek tili va adabiyoti fanidan birinchi, 9-sinf ӯquvchisi Dilnoza Jumaniyozova ӯzbek tili va adabiyoti fanidan ikkinchi, 9-sinf ӯquvchisi Gulxumor Jaqsiliqova qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan uchinchi ӯrinlarni egalladi. Joriy ӯquv yilida maktabning 24 nafar bitiruvchisidan 4 nafari oltin, 2 nafari kumush medali bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, 8-sinf ӯquvchisi Aynura Olimjonova “Yosh kitobxon-2021” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida birinchi, mamlakatimiz bosqichida ikkinchi, 10-sinf ӯquvchisi Lola Nurpӯlatova “Ӯzbekiston mening baxtim, mening kelajagim” mavzusidagi insholar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida uchinchi, 9-sinf ӯquvchisi Feruza Ӯrinboyeva O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab ijod maktablari ӯquvchilari ӯrtasida ӯtkazilgan “Mitti yulduz jilolari” onlayn kӯrik-tanlovida ikkinchi, Ӯzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan hamkorlikda “Ijod bog‘idan guldasta” tӯplami nashrdan chiqarilib, unda maktab ӯquvchilaridan Asadbek Quraltoyev hamda Biybijamal Reyimboyevaning bir qancha she’rlari kiritildi. Mazkur tӯplamning sentyabr oyidagi sonida 12 nafar ӯquvchining ijodiy ishlari chop etildi.

Shuningdek, maktabda joriy yilning may oyidan boshlab “Ayaziy” badiiy-adabiy jurnali chop etib kelinmoqda. Joriy ӯquv yilida 8 nafar ӯquvchining, jumladan, 8-sinf ӯquvchilari Anisa Karimbayevaning “Eng zӯr sovg‘a”, “Mening ovulim”, Gulnisa Asamatdinovaning “Dono otam”, 10-sinf ӯquvchilari Dilafruz Jaqsimuratovaning “Davqoraning qiziman”, Biybijamal Reyimboyevaning “Bog‘imdagi qush”, “Armon” hikoya va she’riy tӯplamlari nashrdan chiqdi. Ijod maktabida “Yerdagi yulduzlar” adabiy-drama klubi tashkil etilgan bӯlib, unda ӯquvchilar taniqli dramaturglarning asarlaridan parchalar hamda qisqa asarlarni sahnalashtirib kelmoqda.

Maktabda Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toyir, Rustam Musurmon, G‘ayrat Majid, Kenesboy Karimov, Muratboy Nizanov kabi taniqli adiblar ishtirokida adabiy tarjima, publitsistika, dramaturgiya, adabiy jarayon, sӯzlash madaniyati mavzularida mahorat darslari, davra suhbatlari ӯtkazildi.

Ӯzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020 yil 11 mart kungi “Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ijod maktabini otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktirildi. Universitetning chet tillar fakulteti bilan hamkorlikda “IELTS» tӯgaragi tashkil etildi. Kelgusi ӯquv yilidan boshlab yoshlarning kompyuter va axborot texnologiyalari bilan qiziqishlarini orttirish maqsadida zamonaviy IT hamda robototexnika tӯgaragini va elektron kutubxona ochish rejalashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari ijod maktabida ӯquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA