Xalq ishonchi har narsadan ustun. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi Quo‘andiq Yeshmuratov saylov okrugidagi aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni ijobiy hal etishni o‘zining asosiy burchi deb biladi.

Qonliko‘l tumanidagi “Qonliko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 789 ta oilada 4 ming nafardan ziyod aholi tinch-totuv, farovon hayot kechirmoqda.

Shundan “Xo‘ja” ovulida 74 ta oilada 711 nafar kishi istiqomat qilib kelmoqda. Ammo ovul aholisini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan muammo bu ko‘prik masalasi edi. Yog‘ochdan yasalgan ko‘prik xavfli bo‘lsada, odamlar foydalanishga majbur edi. Ayniqsa, bolalarning maktabga qatnashida qiyinchilik tug‘dirayotgan edi.

Deputat muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi va ovuldagi eski ko‘prik yangisiga almashtirildi. Shunday qilib, aholini qiynab kelayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal qilindi. Endilikda mazkur ko‘prikdan nafaqat maktab ӯquvchilari, balki barcha xavf-xatarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bӯldi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA