O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasida “Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o‘tish-eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, deb ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi  raisi Ra’no Kamalova tomonidan ochiq sud majlisida Jinoyat Kodeksining yuqorida ta’kidlangan  moddasi talablarini bo‘zgan shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitining yuridika fakultetida bӯlib ӯtgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi M.S ga oid jinoyat ishi prokuror, advokat va sudlanuvchining ishtirokida ko‘rildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2 qismining “b,v”  bandlari bilan aybdor deb topilgan sudlanuvchiga sud hukmi bilan tegishli jazo chorasi tayinlandi.

Bundan so‘ng, bo‘lajak yuristlar jinoyat ishini ochiq sud majlisida ko‘rib chiqish tartibi, Kodekslarga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida qiziqtirgan savollariga sudyadan javob oldilar.

 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA