O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Kengashi tomonidan “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tarmoq kasaba uyushmasi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Faxriylarga Nukus shahar Kengashi mablag‘lari hisobidan ikki million so‘mdan moddiy yordam va sovg‘alar topshirildi. Ular tarmoq kasaba uyushmasi faoliyatining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgani e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar Kengashi tassarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari lavozimlarida mehnat qilgan ayni paytda nafaqada bo‘lgan keksalar holidan xabar olinib, ularga Nukus shahar kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA