Prezidentimizning «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Jumladan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga:

maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan «mobil tibbiyot» xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;

nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat «tibbiy punkt»larini tashkil etishga ruxsat berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu chora-tadbirlarni amaliyotga to‘liq joriy etish maqsadida nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun zarur sharoitlar yaratishga mas’ul etib belgilandi.

 

O‘zA