O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekistonda “COVID-19”ning ommaviy axborot vositalarida yoritilish tahliliga oid seminar-trening davomida berilgan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilda 4 million 112 ming 668 nafar aholi “COVID-19”ga qarshi vaksina bilan bepul emlanadi.

Emlanadigan 4 milliondan ortiq aholi kimlar va qaysi kasb egalaridan iborat bo‘ladi?

1. Qariyalar, 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar,

2. Keksalar, 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar,

3. Uzoq umr ko‘ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar,

4. Tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar,

5. Surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar,

6. Maktab o‘qituvchilari – 689 383 nafar,

7. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – 223 426 nafar,

8. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi xizmatining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi