Yel universiteti olimlari nega erkaklar COVID-19dan ayollarga qaraganda 1,7 barobar ko‘p vafot etishi sababini aniqladi, deb yozadi Science jurnali.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, kasallikning og‘irlashuviga moyillik qay darajada bo‘lishida jinsiy gormonlar muhim rol o‘ynar ekan. Masalan, ayollardagi estrogenlar SARS-CoV-2 inson organizmiga kirib olishida  “darvoza” sifatida foydalanadigan ASE2 retseptorini to‘sib qo‘yadi. Erkaklar gormoni bo‘lmish androgen esa aksincha virus yuqishini osonlashtirar ekan.

Yana shu narsa ta’kidlanadiki, ayollardagi ikkala X-xromosomalar ham tananing koronavirusga qarshi kurashida muhim omil sifatida xizmat qilarkan. Chunki ularda immun qarshilikni muvofiqlashtiradigan muhim genlar mavjud. Ayrim holatlarda ikkala xromosomalar ham bir vaqtning o‘zida immun tizimini faollashtirib yuborishi va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni infeksiyaning ilk bosqichidayoq aniqlab berishi mumkin.