Italiya Superkubogi final uchrashuvida “Yuventus” hamda “Napoli” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Mazkur o‘yinda turinliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Alvaro Morata hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Yuventus” klubi Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi va Andrea Pirloning murabbiy sifatidagi ilk tituliga aylandi.