O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan bayram arafasida soha xodimlari o‘rtasida Boshqarma boshlig‘i kubogi uchun mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 6ta jamoadan 60 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida boshqarma apparati xodimlaridan tashkil topgan «Boshqarma-1» jamoasi birinchi, Nukus shahri, Xo‘jayli, Taxiatosh va Nukus tumanlari bo‘limlari xodimlaridan iborat «Markaziy hudud» jamoasi ikkinchi,  Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlari bo‘limlari xodimlaridan iborat «Janubiy hudud» jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindor jamoalari tashkilotchilar tomonidan Kubok, medallar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA