2020-2022-yillarda Nukus shahrida 882 milliard 624 million soʻmlik 181 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu 1 ming 639 ta yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Joriy yilda 75 investitsiya loyihasini ishga tushirish belgilangan.
Nukus shahar hokimligi maʼlumotiga koʻra, investitsiya dasturi doirasida umumiy miqdori 172 milliard 333 million soʻm boʻlgan 75 ta loyihani ishga tushirish natijasida 659 yangi ish oʻrni yaratilishi ham koʻzda tutilmoqda. Ulardan asosiy loyihalar sifatida “Prime medical group” MCHJ tomonidan “Xalqga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish”, “Qoraqalpoq baliq sanoat” MCHJ tomonidan – “Baliqchilikni rivojlantirishni tashkil qilish”, “Uy-joy qurilish” MCHJ tomonidan “Nukus city qurilishining texnik bazasini shakllantirish” loyihalari amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Saviskiy muzeyi joriy yilning 30-noyabrgacha keksalarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Noyabr oyi mamlakatimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Nukusdagi I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi noyabr oyida keksalarga bepul xizmat koʻrsatadi.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA