Avtomobil sanoatiga Xitoy standartlari tatbiq etiladi

“Oʻzstandart” agentligi xalqaro hamkorlik doirasida Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) dan elektromobillar va ularning ehtiyot qismlariga oid 51 ta Xitoy standartlarini oldi.
Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy davlat standartlarini oʻrganish, mahsulotlarni shu standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi, deyiladi “Oʻzstandart” agentligi xabarida.
Shu bilan birga Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi ekspertlari bilan joriy yilning 27-oktyabr kuni “Elektromobillar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqishda Xitoy davlati talablari” mavzusida onlayn seminar tashkil etiladi. Unda mahalliy vazirlik va idoralar vakillari bilan birga xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

 

O’zA