Rasul Gamzatovni “yumshagan” qoraqalpoq shoiri

Rasul Gamzatov bilan qoraqalpoq shoiri Ibroyim Yusupov qalin doʻst boʻlgan.
Bir kunlari Ibroyim Yusupov Rasul Gamzatovning yurtiga qidirib boradi. U mehmonni yaxshilab kutadi, yurtini sayil qildiradi.
Bir safari avar shoirining “Volga”si bilan shahar ichida kelayotadi. Rulda Rasul Gamzatovning oʻzi ekan. Katta univermagning qoshiga kelganda Gamzatov mashinani toʻxtatib, konyak olish uchun univermagga kirib ketadi. Aslida bu joyga mashina toʻxtashi man ekan. Darhol GAI inspektori yetib keladi.
— Bu joyga mashinani toʻxtatish mumkin emas. Qoidani buzdingiz, – deydi GAI inspektori, ichkarida oʻtirgan Ibroyim Yusupovga. – Mashinaning egasi kim?
— Bu Rasul Gamzatovning mashinasi, – deydi xotrjam holda shoir.
GAI inspektori buyuk shoirning ismini eshitgandan darrov qoʻrqib ketadi. — Ha, shundaymi? Kechirasiz. Shoirning mashinasini tanimay qolibman. Ammo, Siz kim boʻlasiz?
— Rasul – mening shoferim. Konyakga yumshab yubordim. Mening kim ekanligimni shundan bila bering, debti Ibroyim ogʻa shunda.
Rasul Gamzatov univermagdan chiqqanida inspektor unga qayta-qayta taʼzim qila beribti.
Umuman Rasul Gamzatov oʻz elining erkatoyi boʻlgan. Yoʻl qoidasiga esa oʻzi qanday hohlasa shunday amal qilar ekan. Xalqi uni cheksiz sevgan.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA