Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib Taxiatosh tumani paxta rejasini bajardi

Qoraqalpogʻistonda birinchi boʻlib Taxiatosh tumani davlatga paxta topshirish rejasini bajardi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Tumanda joriy yilda shartnoma boʻyicha belgilangan jami 5 ming 600 tonna paxta rejasi ortigʻi bilan bajarilgan. Hozirgi kunda 5 ming 800 tonnadan ortiq paxta xomashyosi terilib, klaster korxonaga topshirilgan.
Tumanda 56ta fermer xoʻjaligi “Taxiatosh tex klaster” korxonasi bilan shartnoma tuzgan.
Paxta yigʻim-terimiga 3 ming 700 dan ortiq terimchi ixtiyoriy ravishda paxta terishga qatnashmoqda.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA