Nukus shahrida yangi formatdagi bozor – ekobozor tashkil qilinadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida ekobozor tashkil qilinadi. Unda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari faqat fermer xoʻjaliklarining oʻzidan sotib olinadi.
Nukus shahrining investitsion loyihalari xususida xabar tarqatuvchi “Nukus 24” telegram kanalida maʼlum qilinishicha, ekobozor shahar aholisini toza, arzon hamda tabiiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Bozorning qulay jihatlari mahsulotlar bevosita yetishtiruvchi – fermer xoʻjaliklarining oʻzidan sotib olinadi, poliz mahsulotlari, meva, goʻsht, non mahsulotlari, ichimliklar va barcha gastronomik ehtiyojlar bir joydan topiladi, bozorda keng savdo zali boʻlib, u konditsionerlar bilan taʼminlanadi, isitish tizimlari, ixcham va toza vitrinalar, koʻngilli atmosfera, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun tirkamalar boʻladi.
Ekobozor Oʻzbekiston shoh koʻchasi boʻyida tashkil qilinadi.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA