“Bosh vazir Kubogi-2020”: Bosh sovrin ikkinchi marotaba adolat himoyachilariga nasib etdi

“Bosh vazir Kubogi-2020”: Bosh sovrin ikkinchi marotaba adolat himoyachilariga nasib etdi

“Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda deyarli bir hafta davom etgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi. 
Ikkinchi bor tashkil etilgan turnirda ishtirok etish istagini bildirganlar soni yuztadan oshgan edi. Biroq vaziyatdan kelib chiqib yetmishdan ortiq jamoaga musobaqada qatnashishga ruhsat berildi. Saralash oʻyinlaridan soʻng 64 ta jamoa turnirning 1/32 finalida startga chiqdi.
1 (3).jpg
2 (2).jpg
Qiziqarli, tortishuvli oʻyinlardan soʻng musobaqaning hal qiluvchi finalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Tashqi ishlar vazirligining havaskor futbolchilari oʻzaro kuch sinashadigan boʻlishdi.
Tashqi ishlar vazirligi finalga qadar Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (1/32), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi (1/16), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (1/8), Suv xoʻjaligi vazirligi (1/4), Milliy bank (1/2) jamoalarini yengib hal qiluvchi oʻyinga yetib kelgan boʻlsa, Oliy sud jamoasi finalgacha Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi (1/32), Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (1/16), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (1/8), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Fargʻonaazot” AJ (1/2) jamoalari ustidan ustunlikka erishgandi.
3 (2).jpg
5 (2).jpg
Final uchrashuvidan bir kun oldin musobaqaning bronza medali uchun bahs kechdi. Yarim finalda omadsizlikka uchragan ikki jamoa – “Milliy bank” hamda “Fargʻonaazot” AJ oʻrtasidagi uchrashuvda omad fargʻonaliklarga kulib boqdi.
“Fargʻonaazot” AJning futbolsevar xodimlari tomonidan kiritilgan ikki golga bankirlar bironta ham javob qaytara olishmadi. Shu tariqa musobaqadagi debyut mavsumida “Fargʻonaazot” AJ sovrindorlar safidan joy olishga muvaffaq boʻldi.
6 (2).jpg
9.jpg
Nihoyat turnirning hal qiluvchi final oʻyini. Muhtasham “Milliy” stadion bosh arenasida Oliy sud va Tashqi ishlar vazirligi futbolchilari. Har ikkala jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun mehnat jamoalarning xodimlari, futbolchilarning yaqinlari, turli vazirlik idoralarning rahbarlari tashrif buyurishdi. Taʼkidlash joizki, uchrashuv garchi professional futbolchilar toʻp surishmayotgan boʻlsada keskin, murosasiz va hujumkor ruhda oʻtdi. Havaskor oʻyinchilar toʻp bilan muomala qilishdi, hujumga shaylanish va himoyani mustahkamlashda, xavfli vaziyatlar sodir etishdi, dribling mahoratlarini koʻrsatishda deyarli professionallardan qolishmadi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Gʻolibni aniqlash uchun jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat etishdi. Bu lotereyada omad Oliy sud futbolchilariga nasib etdi.
12.jpg
1-Oʻrin.jpg
Aynisa, jamoa darvozaboni tepilgan yettita toʻpning uchtasini qaytarib, jamoadoshlari gʻalabasini taʼminlashga xizmat qildi. Shu tariqa ikkinchi marotaba tashkil etilgan Bosh vazir kubogida amaldagi kubok sohibi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi bosh sovrinni begona qilmadi.
Tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov ishtirok etdi va gʻoliblarni taqdirladi.
7 (3-oʻrin).jpg
8 (2-oʻrin).jpg

 

Oybek YUNUSOV, Muhammad AMIN (surat), OʻzA

  13.10.2020, 10:25  |    89 marta ko'rildi