Nukusda qurilayotgan IT park filialida 700 dan ziyod kishi ishlaydi

Nukus shahrida qurilayotgan 16 qavatli binodan iborat IT-park filialida 700 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Umumiy maydoni 14 ming 792 metr kvadrat boʻlgan mazkur binoda IT-markaz, kibersport, robototexnika, IT-laboratoriyalar, konferens-zallar, oʻquv xonalari, kovorking markazlari va ofis binolari joylashtiriladi.

Qavatlar taqsimotiga koʻra: 1-2-qavatlar – qabulxona, xavfsizlik va texnik xizmat koʻrsatish boʻlimidan iborat. Bu yerda IKT muzeyi, koʻrgazma maydonchasi, kutubxona, xizmat koʻrsatish markazi, IT-mahsulotlar savdo maydonchasi boʻladi.3-4-qavatlar – biznes xizmatari: bank, konsalting, bosmaxona, media-studiya, serverler boʻlimi va boshqalar. 5-qavat – katta va kichik konferensiya zallari. 6-8-qavatlar – seminar zallari, IT markazi, oʻquv xonalari, kovorking zonasi (inkubator/akselerator), VR/AR laboratoriyalari, 3D, Robotex, ye-sport va boshqalar. 9-14-qavatlar – biznes ofislar, majlis xonalari. 15-16-qavatlar esa IT mehmonxonasi, restoran, sport kompleksi boʻlishi rejalashtirilgan.Filialda “One Million Uzbek coders” platformasida roʻyxatga olingan yoshlar faoliyat koʻrsatadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi 1,9 milliondan ortiq kishini tashkil etib, shundan 57 foizi yoshlar hisoblanadi. “One Million Uzbek coders” platformasida 2 ming 257 dan ziyod yosh yigit-qizlar ruyhatdan oʻtdi va 378 nafar talaba kursni tugatib, oʻz sertifikatlariga ega boʻlishdi.Mazkur loyihani aholi va yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida mavjud Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari hamda hududdagi umumtaʼlim maktablarda axborot posterlari joylashtirildi.16 qavatli bino Nukusdagi eng baland bino hisoblanadi. Filial qoshida yana 16 qavatli ikkita turor joy binosi ham qad rostlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida ushbu koʻp qavatli uy-joylar va IT-parkni borib koʻrdi. 160 ta xonadonga moʻljallangan ikkita 16 qavatli turar joy majmuasi 2021-yilda bitkaziladi. Xonadonlar yashash uchun tayyor holda topshiriladi.

 

E.Qanoatov, OʻzA