20-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining xabar berishicha, hududiy saylov komissiyalaridan boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovlarni oʻtkazish masalalari yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushgan.

Bugungi kun xolatiga koʻra mahalliy Kengashlarda jami 143 nafar, shundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari boʻyicha 26 nafar, tuman va shahar Kengashlari boʻyicha 117 nafar deputatlik oʻrinlari turli sabablarga koʻra boʻshagan.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga va Saylov kodeksining 19, 93-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 26-avgustdagi 1033-sonli “COVID-19 pandemiyasi davrida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, joriy yilning 20-sentyabr kuni 25 nomzod Joʻqorgʻi Kengesda boʻsh qolgan 5ta deputatlik oʻrni uchun kurash olib boradi.

COVID-19 pandemiyasi davrida boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni oʻtkazishda saylovchilar va saylov tashkilotchilari kasallik yuqtirib olishining oldini olish maqsadida saylov tadbirlarini sanitariya-epidemiologik va tibbiy nuqtayi nazardan xavfsizlik talablariga toʻla amal qilgan holda oʻtkazish lozim.

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesida boʻsh qolgan deputatlik oʻrinlari uchun eʼlon qilingan nomzodlar roʻyxati quidagicha:

1. Nukus shahri boʻyicha (4-sonli “Ye. Alakoʻz” saylov okrugi) nomzodlar:

Abdikalikov Ikram Yerejepbayevich — 1987-yili tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzosi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

Ayimbetova Gulxatsha Aymanovna — 1961-yili tugʻilgan, “Adolat” SDP aʼzosi, “Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti;

Jarimbetov Iskender Utegenovich — 1984-yili tugʻilgan, OʻzMTDP aʼzosi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi bosh mutaxassisi;

Jumaniyazov Ulugbek Iskanderovich — 1980-yili tugʻilgan, OʻzEkoPartiya aʼzosi, gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori;

Qusbatirov Xamit Nurashovich — 1977-yili tugʻilgan, OʻzXDP aʼzosi, Nukus shahri “Oʻrnek” MFY raisi.

2. Ellikqalʼa tumani boʻyicha (20-sonli “Sarabiy” saylov okrugi) nomzodlar:

Nurumbetov Ulugʻbek Karimberdiyevich — 1965-yili tugʻilgan, OʻzXDP aʼzosi, Ellikqalʼa tumani “Chayka alternativlik mashina traktor parki” MCHJ direktori;

Otemuratov Bairambay Perdebayevich — 1977-yili tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzosi, Nukus davlat pedagogika instituti rektori;

Sadullayev Dilshodbek Baxromovich — 1990-yili tugʻilgan, OʻzMTDP aʼzosi, Ellikqalʼa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori;

Saparbayev Ilxam Maxsatbayevich — 1988-yili tugʻilgan, “Adolat” SDP aʼzosi, NDPI Ellikqalʼa pedagogika fakulteti dekani oʻrinbosari;

Yuldashev Baxram Abdullayevich — 1970-yili tugʻilgan, OʻzEkoPartiya aʼzosi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ellikqalʼa tumani boʻlim boshligʻi.

3. Beruniy tumani boʻyicha (25-sonli “Navbahor” saylov okrugi) nomzodlar:

Abdullayev Sardorbek Jumanazarovich — 1983-yili tugʻilgan, “Adolat” SDP aʼzosi, partiyaning Beruniy tumani kengashi raisi;

Artiqov Qahramon Saparbayevich — 1980-yili tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzosi, Beruniy tumani “Toʻqimachi” MFY raisi;

Yerniyazov Kakimbek Aqilbekovich — 1992-yili tugʻilgan, OʻzEkoPartiya aʼzosi, Respublika maʼnaviyat-marifat markazi Beruniy tumani boʻlimi bosh mutaxasissi;

Yeshimbetov Akbar Azamatovich — 1986-yili tugʻilgan, OʻzMTDP aʼzosi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Beruniy tumani kengashi raisi;

Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadovich — 1977-yili tugʻilgan, OʻzXDP aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali boshligʻi oʻrinbosari.

4. Qoʻngʻirot tumani boʻyicha (49-sonli “Qoʻngʻirot” saylov okrugi) nomzodlar:

Aytjanov Paxratdin Yuldashevich — 1967-yili tugʻilgan, OʻzMTDP aʼzosi, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ kapital qurilish boʻlimi boshligʻi;

Begdullayev Axmet Kobeysinovich — 1972-yili tugʻilgan, OʻzEkoPartiya aʼzosi, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ ishlab chiqarish va texnika boʻlimi boshligʻi;

Kumekova Asima Jumabayevna — 1973-yili tugʻilgan, “Adolat” SDP aʼzosi, Qoʻngʻirot tumani 2-sonli maktabgacha talim tashkiloti mudirasi;

Otemuratov Azat Kilichbayevich — 1978-yili tugʻilgan, OʻzXDP aʼzosi, Qoʻngʻirot tumani 10-sonli maktab direktori oʻrinbosari;

Tolibayev Baxram Tengelbayevich — 1980-yili tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzozi, Qoʻngʻirot tumani irrigatsiya boʻlimi rahbari.

5. Qoraoʻzak tumani boʻyicha (63-sonli “Qorakoʻl” saylov okrugi) nomzodlar:

Kamalov Murat Qallibekovich — 1955-yili tugʻilgan, OʻzEkoPartiya aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi direktori;

Kuatbayev Quanishbay Kuatbayevich — 1989-yili tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzosi, Xalq banki Qoraoʻzak tumani filiali boshqaruvchisi;

Orazaliyev Mirzali Daoʻletaliyevich — 1986-yili tugʻilgan, OʻzXDP aʼzosi, Oʻzbekiston ilm-fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Qoraoʻzak tumani kengashi raisi;

Razbekov Kuanishbay Bisenbayevich — 1984-yili tugʻilgan, OʻzMTDP aʼzosi, Qoraoʻzak tumani XTB boshligʻi oʻrinbosari;

Temirxanov Jetkerbay Amanbayevich — 1985-yili tugʻilgan, “Adolat” SDP aʼzosi, Qoraoʻzak tumani 22-sonli maktab direktori.

 

OʻzA