Sardor Rashidov Qatarda qoladi

Oʻtgan oyda Qatar yulduzlar ligasida mavsum nihoyasiga yetdi va hamyurtimiz Sardor Rashidov toʻp surayotgan “Qatar SK” musobaqani 8-oʻrinda yakunladi. 
Sardor oʻtgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 oʻyinda qatnashdi va 5-marta raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Mavsum yakunlangach S.Rashidovning klubi bilan tuzgan shartnomasi ham oʻz yakuniga yetgan edi.
Soʻnggi xabarlarga qaraganda, S.Rashidov qatarliklar bilan shartnomasini uzaytirgan.
Biroq jamoa va futbolchimiz oʻrtasidagi yangi shartnoma bandlari maʼlum qilinmagan.
Eslatib oʻtamiz, Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum 3-sentyabr kuni boshlanadi.

 

OʻzA