Dzyudochilarimiz onlayn musobaqada bahslashdi

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan onlayn musobaqa oʻtkazildi. 
Kattalar oʻrtasida oʻtgan musobaqada polvonlar maxsus mashqlar toʻplamini bajarish boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov soʻzga chiqib, bu kabi musobaqalar juda ham muhimligi, hozir butun dunyoda pandemiya hukm surayotgani, sportchilar bir xil sharoitda mashgʻulot oʻtkazishga majbur boʻlayotganligini taʼkidladi.
U mamlakatimizda nafaqat dzyudochilar, balki barcha sport turlari bilan shugʻullanish uchun hamma sharoit yaratilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻtgan bahslarda Shahram Ahadov, Sita Qadamboyeva, Muhriddin Tilovov va Diyora Keldiyorovaga teng keladigan topilmadi.

 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA