Qurilish materiallari manzilga yetib bormadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur boshqarma Axborot xizmatining OʻzAmuxbiriga maʼlum qilishicha, “Daut-ota” chegara bojxona postiga xorij davlatidan kirib kelgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi bojxona postida tegishli tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, qiymati 35 million soʻmlik umumiy hajmi qariyb 12 m3 boʻlgan taxta noqonuniy tarzda mamlakatimiz hududiga olib kelayotganligi aniqlandi.Xuddi shunday navbatdagi holatda, fuqarolar J.A, A.B. boshqaruvidagi Qozogʻiston Respublikasidan kirib kelgan avtotransport vositalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, hujjatlarda koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 24 million soʻmlik jami 8m3 taxtaning noqonuniy tarzda mamlakatimiz hududiga olib kirishga urinish holatiga chek qoʻyildi.

photo_2020-08-08_18-30-16.jpg

Bunday qurilish materiallarining hujjatlardan “tushib qoldirilishi” bilan bogʻliq navbatdagi bojxona qonunbuzilish holati ham “Daut-ota” chegara bojxona postida aniqlandi.

Bu safar fuqarolar M.A, I.D va B.X boshqaruvidagi yuk avtotransport vositalarida Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga hujjatlarda koʻrsatilganidan ortiqcha qiymati 15,7 million soʻm boʻlgan 3,14m3 taxta noqonuniy tarzda olib kirilishining oldi olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA