Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoniga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari – boshqarma boshligʻi lavozimiga podpolkovnik Ayubjon Rahimovich Rustamov tayinlandi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Ayubjon Rustamov 2019-yilning oktyabr oyidan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugdagi harbiy qism komandirining qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.

Ayubjon Rustamov 2001-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ni tamomlab, 2005-yilda Chirchiq oliy-tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti malaka oshirish kurslarida tahsil olgan. 2007-2009-yillarda Qurolli Kuchlar akademiyasining moto-oʻqchi qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi texnik taʼminot taktik-shtab operativ qoʻmondonligi yoʻnalishida taʼlim olgan.

 

OʻzA