Kardiolog koronavirusdan tuzalib chiqqanlarga qanday vitaminlar zarurligini maʼlum qildi

Rossiyalik kardiolog olim Tatyana Ribka “Rossiyskoy gazeta”ga intervyu berib, COVID-19 infeksiyasiga chalinib tuzalib chiqqanlarga quyidagi tavsiyalarni berdi.
“Hozir davolanish jadvali ishlab chiqilgan, aksariyat holatlarda uyda ham yakkalanish tartibiga amal qilgan holda davolansa boʻladi. Biz bu borada yuzlab misollarni koʻrdik. Agar bemor koviddan qoidasiga amal qilib davolansa, salbiy oqibatlar juda kam boʻladi”, — dedi Ribka.
Bundan tashqari, agar bemorlarda COVID-19 dan tuzalib chiqqandan keyin ham lohaslik kuzatilsa, vrach ularga D vitamini va B vitaminlar guruhini qabul qilishni tavsiya qildi. Shuningdek, ushbu muolajalardan tashqari, mehnat va hordiq chiqarish rejimiga amal qilish hamda koʻp sayrga chiqish ham juda foydali boʻlishi aytildi.

 

OʻzA