Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot boʻlish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qoʻymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligi taʼkidlandi.Davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga chek qoʻyish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Sohalar va yoʻnalishlar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqish hamda ijrosini muhokama qilib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

OzA