Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Vladimir Putin davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
Liderlar oʻtgan oyda Moskva shahrida boʻlib oʻtgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdilar.

 

O’zA