Tokio Olimpiadasi muxlislar ishtirokisiz oʻtkaziladi

2021-yilning yozida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasi muxlislar ishtirokisiz tashkil qilinishi mumkin.
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rahbari Tomas Baxning soʻzlariga qaraganda, qoʻmita oʻyinlarning xavfsiz muhitda oʻtkazilishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
“NHK News” xabariga koʻra, u, shuningdek, pandemiya olimpiada oʻyinlarining tashkillashtirilishiga jiddiy xalaqit berayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq musobaqalar bekor qilinishi yoki muddati kechiktirilishi mumkinligi istisno qilinmagan, “Tokio 2020” tashkiliy qoʻmitasi rahbari Yesiro Mori COVID-19 ning davolash usuli yoki vaksinasi topilishini olimpiada oʻyinlari oʻtkazilishiga taʼsir qiluvchi asosiy omil ekanini aytgandi.

 

O’zA