NNTlarning “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatidagi ishtiroki

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati bugungi kunda har bir tashkilot hamda har biri nson oldida katta masʼuliyat borligini koʻrsatdi.
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi jamoalari ham buni chuqur his etgan holda tashabbus, fidoyilik koʻrsatib bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Hozirgi sinovli kunlarda bir-birimizga yelkadosh boʻlish, jonkuyar shifokorlarimizni qoʻllab-quvvatlash, yuzaga kelgan vaziyatni keng jamoatchilikka toʻgʻri yetkazish muhim vazifalarimizdan biridir.
Hududlarda karantin sharoitida NNTlarning maqsadli guruhlari tashkil etilgan. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyatida OʻzNNTMA aʼzolari va barcha hududiy koordinatorlari volontyor sifatida ishtirok etmoqda.
Misol uchun, OʻzNNTMAning Toshkent shahar boʻlinmasi poytaxtdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu faoliyat hududlarda ham yoʻlga qoʻyilgan.
NNTlarning maqsadli guruhlari yakka yolgʻiz kishilar, qariyalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻp bolali oilalarning holidan xabar olib, ularning ehtiyojlarini xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markazlariga onlayn yetkazish ishlari bilan shugʻullanmoqda.
Masalan, Jizzax boʻlinmasining tashabbusi bilan 300 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga dori-darmon va tibbiy jihozlar xayriya tarzida yetkazildi. OʻzNNTMA Buxoro viloyati boʻlinmasi Buxoro viloyat hokimligi hamda saxovatpesha homiylar hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 500dan ortiq kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Biz barcha belgilangan vazifalarni ham onlayn tarzda amalga oshirib kelmoqdamiz. “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash nodavlat notijorat tashkiloti hamda “gujum.uz” elektron gazetasi bilan hamkorlikda karantin davrida qator onlayn aksiyalar amalga oshirdik. Shuningdek, hamkorlikda karantin davrini uyda qolib, vaqtini mutolaaga bagʻishlashga daʼvat etuvchi “Ezgu oʻyli bolalar” tanlovi eʼlon qilindi.
“Umrboqiy meros” Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati targʻibot markazi, “Sharq ziyokori” kitoblar uyi va OʻzNNTMA hamkorligida kitobxon yoshlar tanlovining birinchi bosqichi yakunlariga bagʻishlangan onlayn tadbir ham oʻtkazildi.
Bundaymisollarnikoʻplabsanashmumkin. Eng asosiysi, koʻngilda ishonch va xotirjamlik, sabr-qanoat boʻlishi zarur. Sabrli kishida qanoat ham kelajakka ishonch ham boʻladi. Zero, buyuk hakim Ibn Sino “Sabr – shifoning boshlanishidir, deb bejiz aytmagan.
Nasimjon ALIMOV,
OʻzNNTMA Kengashi raisi

 

O’zA