Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining tashrifi yakunlandi

 
Avval xabar berilganidek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun 29-30-may kunlari mamlakatimizda boʻldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida boʻlib, Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida qatnashdi.
Shuningdek, Dmitriy Medvedev Xiva shahrida boʻlib, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarni tomosha qildi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Dmitriy Medvedevni Urganch xalqaro aeroportidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qoʻydi.
IMG_20190530_234345_082.jpg

 

Ulugʻbek SHONAZAROV, Aʼlo ABDULLAYEV olgan suratlar, OʻzA