Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportidanuroniylar, ziyolilar, turli millat vakillari bilan suhbatlashdi. Ochiq va samimiy muloqot chogʻida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Yigʻilganlar hamma joylarda va hamma sohalarda oʻzgarishlar boʻlayotgani, buni odamlar oʻz uyi, mahallasi, tumani misolida his qilayotganini taʼkidladi.

Shuning bilan davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻistonga tashrifi yakunlandi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.

1.jpg
2.jpg