O‘zbekiston Birinchi xonimi SHHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

68

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Birinchi xonimlari bilan birgalikda Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

Birinchi xonimlar qirg‘iz xalq amaliy bezak san’ati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

IMG_5593
IMG_5590

“Salbuurun” milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik an’analari haqida ma’lumot berishdi.

IMG_5589
IMG_5592

Dastur yakunida “Enesay” qabullar uyida oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga Qirgʻiziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti taqdim etildi.

O‘zA