Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

123

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.

imageimageOliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

imageimage