Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
279

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tizimli siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, energetika, kimyo, geologiya, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniq dasturlar va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.