Senatda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi

61

Oliy Majlis Senatida «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni o‘z egalariga topshirildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudrati va salohiyati, jahon maydonidagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan bir guruh yurtdoshlarimiz Prezident farmoniga muvofiq ta’sis etilgan  «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

ImageOliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan esdalik nishonini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Ular orasida senatorlar, Markaziy saylov komissiyasi raisi, Senat devoni, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi  xodimlari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari bor.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham sidqidildan xizmat qilishlarini ta’kidladi.

N.Abduraimova,

O‘zA