Ozarbayjon Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

211

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda  Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

photo_2026-08-23_15-55-50O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

photo_2026-08-23_15-55-50 (3)photo_2026-08-23_15-55-50 (2)photo_2026-08-23_15-55-51photo_2026-08-23_15-55-51 (3)photo_2026-08-23_15-55-51 (2)photo_2026-08-23_15-55-52photo_2026-08-23_15-55-52 (2)photo_2026-08-23_15-55-53