Prezidentimiz suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

55

Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Prezidentlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Yetakchilar musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

photo_5435880948680562640_wGran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

photo_5435880948680562630_wDasturdan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga o‘rin olgan.