Suv ta’minoti bilan bog’liq murojaatlar tinglandi

160

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.Qarshiev ishtirokida Mo‘ynoq tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Qoraqalpog’iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Mo‘ynoq tumani hokimligi, “Suo‘enli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi, Qoraqalpog’iston nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi, Meliorativ ekspeditsiya, “Qoraqalpoqsuvqurilishinvest” davlat muassasasi va tuman “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasining mas’ul rahbarlari va mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla faollari, aholi vakillari va suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Murojaatlarda suv ta’minotini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining texnik holati, nasos stantsiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek, suv xo‘jaligi tizimi faoliyatiga oid boshqa masalalar ko‘tarildi.

Vazir o‘rinbosari har bir murojaatchini diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tushuntirish berdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga biriktirildi.

Mutasaddilarga murojaatlarni belgilangan muddatlarda joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni vakolat doirasida ijobiy hal etish choralarini ko‘rish va natijalari bo‘yicha murojaat egalariga asoslantirilgan yakuniy javob xatlarini yuborish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tizimdagi tashkilotlar rahbarlariga muammoli hududlarda sayyor qabullarni muntazam tashkil etish, aholini qiynayotgan masalalarni bevosita joyida o‘rganish va ularning echimini ta’minlashda shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish vazifasi qo‘yildi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi