O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

147

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Aleksandr Beglov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Yo‘l xaritasi” asosida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo‘shma choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.